Dmitri Samorukov
Dmitriy Samorukov (1999-yil 16-iyunda tugʻilgan)—rossiyalik professional xokkeychi. Dmitri Samorukov hozirda Amerika Xokkey Ligasi (AHL) vakili „Springfield Thunderbirds“ klubi uchun Milliy Xokkey Ligasi (NHL) vakili „St. Louis Blues“ xokey klubi jamoasida oʻynaydi.
Oʻyin faoliyati
Dmitri Samorukov „Guelph Storm“ xokkey klubi bilan Ontario Xokkey Ligasida asosiy oʻsmirlar jamoasi safida xokkey oʻynagan va u 2017-yilgi NHL kirish loyihasida „Edmonton Oilers“ xokkey klubi safiga umumiy 84-oʻrindagi tanlov asosida qoʻshilishga muvaffaq boʻlgan. Dmitri Samorukov 2017-yil 7-sentyabrda „Edmonton Oilers“ xokkey klubi bilan boshlangʻich darajadagi shartnoma imzolashga kelishib olgan edi. 2020—2021-yilgi mavsumda Dmitri Samorukov Shimoliy Amerika xokkeyidagi COVID-19 pandemiyasi bilan bogʻliq toʻxtashlar tufayli Rossiyaning „CSKA Moscow“ xokkey klubi bilan Kontinental Xokkey Ligasida (KHL) bir mavsum oʻynadi. Shundan soʻng, Dmitri Samorukov keyingi mavsum uchun „Bakersfield“ klubi safiga qaytishini eʼlon qildi.
2022-yil 9-oktabrda „Oilkers“ xokkey klubi Dmitri Samorukovni „St. Louis Blues“ xokkey klubi aʼzosi rossiyalik Klim Kostin evaziga almashtirishga kelishib oldi.
Shaxsiy hayoti
Dmitri Samorukov 1999-yil 16-iyunda Rossiyaning Volgogrod shahrida dunyoga kelgan. Dmitri Samorukov Rossiya sharafini Rossiya milliy xokkey terma jamoasining turli yosh toifalarida xalqaro miqyosda himoya qilgan.
Faoliyat statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari
Xalqaro
Manbalar
uz.wikipedia.org