“DJIZAKSKAYA PRAVDA”



“DJIZAKSKAYA PRAVDA” (“Jizzax haqiqati”) — Jizzax viloyati hokimligining ijtimoiysiyosiy gazeta. Jizzax shahrida rus tilida haftada 2 marta chiqadi. Birinchi soni 1974 yil 1 mayda chiqqan. 1998 yildan “Djizakskaya Pravda” tahririyati “Jizzax haqiqati” gazeta tahririyatiga qo’shildi. Gazeta sahifalarida viloyat hayotidagi eng muhim voqealar, xususan, xalqlar o’rtasidagi do’stlikni mustahkamlash, bozor munosabatlarini kuchaytirish, qishloqqa sanoatni olib kirish, yoshlar tarbiyasi va boshqa masalalar muntazam yoritiladi. Tahririyat qoshida qishloq xo’jaligi, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqni muhofaza qilish organlari bilan ishlash bo’limlari bor. Adadi 3 ming (2001).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz