Djinsilarni kim va nega o’ylab topgan?



Hozirgi djinsilarning kelib chiqishi qadimiy fransuz shahri nim bilan bog’langan. Nim shahri qadimdan to’quvchilarining san’ati va mahorati bilan dong taratgan. Aynan shu yerda hali XVI asrdayoq dastlab kema yelkanlari tayyorlashda qo’llanilgan pishiq mato yaratildi. Mazkur matoni tayyorlangan o’ramiga ko’ra Denim deb, ya’ni Nimda tayyorlangan deb atay boshladilar. Xuddi shu matodan ilk matros shimlari-djinsilarning bobokalonlari tayyorlangan edi. Go’zal bo’lishi uchun matoni indigo — och-ko’k rangdagi tabiiy bo’yoqqa bo’yay boshladilar. Dengizchilik rivojlangani tufayli bunday qulay va amaliy kiyim Amerikaga keltirildi. Bu yerda esa u qariyb barcha yollanma ishchilar va kovboylarning jomakoriga aylandi. Chindan ham kiyishda pishiqligi va qulayligi bilan ajralib turar edi. XVIII asrning oxirlarida denimdan tikilgan shimlar AQSh aholisi kiyim-kechaklarining barqaror qismiga aylandi. Ajablanarlisi shuki, Yevropaning o’zida ixtiro qilingan djinsilar o’z sarzaminiga Amerikadan yangiboshdan olib qilinadi. Biroq faqat XIX asrning boshlaridagina, o’ttizinchi yillarda djinsilar umumiy e’tirofga sazovor bo’ldi. Biroq amerikalik xotin-qizlarning tag’in o’n yil kutishlariga to’g’ri keldi xotin qizlarga mo’ljallangan dastlabki djinsilar aytib o’tilgan sanadan o’n yil keyin paydo bo’ldi. Djinsi kiyim-kechaklar hozirgi turmushga shu qadar singib ketganki, buningdek modadagi va zarur tovarlarni ishlab chiqaradigan butun boshli tarmoqlar mavjud. Har bir firma o’z huquqlarini maxsus belgilar va alohida aksessuarlar bilan muhofaza qiladi. Masalan, Molniyani tikish mahorati djinsilarning u yoki bu dizaynerlik yo’nalishiga mansubligini ko’rsatadi. Endilikda Parijda 1793 yildan to hozirgi kunga qadar bo’lgan djinsilar tarixini yoritadigan muzeyning ochilishi kutilmoqda.


Manba



Mo’jiza kitobning 3-jildi


Uzpedia.uz