Djaz nima?



Djaz — bu, ommaviy musiqa muayyan turining nomlanishi. Dastavval u amerikalik negrlarning musiqasi edi, ammo u dunyoning turli-tuman qismidagi har xil turdagi musiqa xillari chatishmasi natijasida rivojlandi. Djazning asosiy o’ziga xos jihatlaridan biri — bu uning ohangidir. Djaz kuylari Afrika va Yevropa musiqalari unsurlarini o’zida mujassam etadi, biroq uning uyg’unlashuvi asosan Yevropadan kelib chiqqan. Djazning boshqa bir o’ziga xos xususiyati — improvizatsiya. Bu yo’l-yo’lakay, daqiqalik kayfiyat ta’sirida yaratilgan nimanidir ifoda etadi. Djazning salmoqli qismi aynan shu tariqa ijro etiladi. Musiqa mug’anniy ijrosi davomida yaratiladi. Ancha-muncha yillar davomida djaz o’zgardi va rivojlandi, biroq o’zining asosiy jihatlarini saqlab qoldi. Djaz rivojiga hissa qo’shgan musiqa janrlaridan biri blyuz edi. Djaz musiqasining uchdan biri blyuz ko’rinishiga ega. Rok-n-roll ommaviy asarlarining yarmidan ko’prog’i blyuzga oid sanaladi. Hatto kantri va Vestern uslubidagi Amerika musiqalarining bir qismi blyuz tarzida bastalangan. Djaz rivojiga asosiy hissani yangi orleanlik musiqachilar qo’shishgan. Ba’zida diskilend deb ataluvchi yangi Orlean djazi teran ta’sir qiluvchi blyuz va negrlar diniy qo’shiqlarining, shuningdek regtaym va Yevropa folklor musiqasining unsurlarini o’zida mujassam etgan. Keyinchalik Big-Bend djazi yoki Sving uslubidagi musiqa vujudga keldi. Qirqinchi va elliginchi yillarda zamonaviy djaz deb ataladigan narsa paydo bo’ldi. Mazkur zamonaviy djaz degani djazning dastlabki tariqalariga qaraganda uyg’unligi yanada muarakkabroq va ohangdorroq kuylar edi. Ammo uning eng taniqli xususiyati ohangga yangicha yondashuv edi. Kuy yaratilayotganida ijrochilar yangi ohanglardan foydalandilar, zarbli asboblarni muqomga soluvchilar yanada murakkabroq uslubda chala boshladilar. Djaz rivojidagi boshqa yirik qadam oltmishinchi yillarning “yangicha yo’nalish”i edi. Bu — djazning erkin shakli. Butun boshli ijrochilar guruhi ijro paytida asarning avji va sur’atini oldindan rejalashtirmasdan ham bir necha karra o’zgartirishar va yangi ohanglar qo’shib boraverishardi. Bu esa, musiqa uyushmagan bir narsaga aylanib qolishini bildirmasdi: u shunchaki ruh va uslubga ko’ra erkinroq bo’lar edi. Shunday qilib, voqif bo’lganingizdek, djaz — bu, borgan sayin o’zgarishga uchragan, ammo o’zining asosiy jihatlarini saqlab qolgan musiqa uslubi.


Manba



Mo’jiza kitobning 3-jildi


Uzpedia.uz