DIZRAELI (DISRAELI) BENJAMIN
DIZRAELI (DISRAELI) BENJAMIN, graf Bikonsfild (1804.21.12 — London — 1881.19.4) — Buyuk Britaniya bosh vaziri (1868 va 1874-80), konservatorlar partiyasining rahbari; yozuvchi. 1852, 1858-59, 1866-68 yillarda moliya vaziri. Dizraeli hukumati mustamlaka-bosqinchilik siyosatini olib borgan (1878 yil Kiprni bosib olgan, Misrni egallab olish uchun zamin hozirlagan). “Koningsbi” (1844), “Sibilla yoki ikki millat” (1845) kab siyosiy romanlarida sosial ziddiyatlarni yumshatishda aristokratiyaga yetakchi o’rin ajratgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz