DIZPUL
DIZPUL — Eronning Janubi- g’arbidagi shahar. Diz daryosining so’l sohilida. Xuziston viloyati tarkibida. Aholisi 202,6 ming kishi (1997). Dizpul yonidan xalqaro temir yo’l va neft quvuri o’tgan. Sholi oqlash, paxta tozalash va konserva zavodlari, teriga ishlov berish korxonalari bor. Hunarmandchilik (gilam to’qish va boshqalar) rivojlangan. Teri va jun mahsulotlari bilan savdo qilinadi. Daryoga 22 ravoqli ko’prik-to’g’on qurilgan (7- asr). Shahar nomi ham shundan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz