DIZEL ELEKTR STANTSIYASI



DIZEL ELEKTR STANTSIYASI (des) — dizel dvigateli bilan harakatlanuvchi, bir yoki bir necha elektr toki generatori bilan jihozlangan energetik qurilma. Muqim (stasionar) va Kuchma xillari bo’ladi. Muqim des ga po, 120, 330, 440, 735 kVt va undan ortiq quvvatli to’rt taktli (ba’zan, ikki taktli) dizel o’rnatiladi. O’rtacha quvvatli muqim des quvvati 750 kVt dan oshmaydi, katta des esa 220 kVt gacha va undan ortiq quvvatli qilib quriladi. Ko’chma Des qishloq xo’jalik, o’rmon xo’jaligi, geologikqidiruv ekspeditsiyalari va boshqalarda kuch va yoritish tarmoqlarini elektr bilan ta’minlaydigan rezerv manba sifatida, transport (dizel-elektrovoz, dizelelektroxod va boshqalar) da asosiy energetik qurilma sifatida qo’llaniladi. Quvvati 10 kVt gacha bulgan des bir ukli avtomobil tirkamasiga o’rnatib ishlatiladi. Dizel elektr stantsiyasining afzalligi: tejamli, turg’un ishlaydi, yengil, tez ishga tushiriladi. Dizel elektr stantsiyasi elektr uzatish liniyalaridan uzoqdagi joylarni, shuningdek, bug’-kuch va suv-kuch qurilmalari qurib bo’lmaydigan hududlarni elektr toki bilan ta’minlashga mo’ljallangan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz