DIZEL (DIESEL) RUDOLF



DIZEL (DIESEL) RUDOLF (1858.18.3, Parij — 1913.29.9, La-Mansh) — nemis ixtirochisi. Myunxendagi Oliy politexnika maktabini bitirgan (1878). Yonilg’ining siqilgan havoga purkalishidan alangalanadigan ichki yonuv dvigateli (dizel)ni yaratgan. Dizel o’z dvigateli uchun 1892 yilda patent olgan. Bu bilan Dizel ideal Karno tsiklita yaqin bo’lgan tsiklda ishlaydigan ichki yonuv dvigatelini yaratish g’oyasini ilgari surdi; bunda toza havoni 25 Mn/m2 (250 kgkuch/sm2)gacha siqib eng yuqori temperaturaga erishdi. Bir qadar takomillashtirilganidan keyin (1897) dvigatel arzon yonilg’i (neft mahsuloti) bilan puxta ishlaydigan va transportda keng qo’llaniladigan bo’lib qoldi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz