DIZEL
DIZEL — og’ir yonilg’i (dizel yonilg’isi) ning siqilgan havoga purkalishidan alangalanadigan ichki yonuv dvigateli. Dizel tsilindrida alangalanish porshen yordamida qisib yuqori temperaturagacha qizdirilgan toza havoga yonilg’i purkalganda sodir bo’ladi. Nemis kashfiyotchisi R. Dizel yasagan. Dizel eng tejamli issiqlik dvigatellari qatoriga kiradi. Dizel yonish kamerasining tuzilishiga ko’ra jralmaydigan kamerali, uyurma kamerali, old kamerali xillarga bo’linadi. Dizel avtomobillar, traktorlar, kemalar, teplovozlar, elektr stansiyalar (dizel elektr stantsiyasi) va boshqalarga o’rnatiladi. Dizelning quvvati 30000 kVt dan ortiq bo’ladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz