DIZARTRIYA (diz… va Yunoncha arthroo — burro-burro gapiraman) — tovush chiqarishda ishtirok etadigan muskullar faoliyatining buzilishi natijasida noaniq, g’uldirab gapirish. Dizartriya uzunchoq miyadagi IX, X va XII juft nervlar yadrosining zararlanganligidan dalolat beradi. Miya qon tomiri kasalliklari, entsefalitning ba’zi xili, miya poyasi, ko’pincha uzunchoq miya, miya po’stlog’i osti tugunlari va miyachaning zararlanishi sabab bo’ladi. Davosi: Dizartriyani keltirib chiqargan asosiy kasallik bartaraf qilinadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish