DIZAK



DIZAK — Jizzax shahrining o’rta asr tarixiy manbalarida yuritilgan nomi. “Kichik qal’a” mazmunini beradi. 10-asrda Dizak Faknon rustoqining tekislikda joylashgan shaxri bo’lib, kattaligi jihatdan Ustrushonaning 3-shahri bo’lgan (Panjikent va Zomindan keyin). Dizak Islom g’oziylari to’planadigan er sifatida mashhur bo’lib, ular uchun bu yerda ko’plab mehmonxona va rabotlar qurilgan. Dizakdan bir farsax (6-7 kilometr) uzoqlikda Afshin tomonidan qurilgan Xudoysar Raboti manbalarda qayd etib o’tilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Uzpedia.uz