DIYORBAKIR



DIYORBAKIR — Turkiya Janubiy- sharqidagi shahar, Diyorbakir elining ma’muriy markazi. Dajla daryosi sohilida. Aholisi 448,3 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Transport yo’llari tuguni. To’qimachilik, elektr mashinasozligi, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Hunarmandchilik rivojlangan. Diyorbakirdan shimol-g’arbda mis va xrom rudalari olinadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz