DIXROMATLAR
DIXROMATLAR, bixromatlar — bixromat kislota N2Sg2O7 ning normal tuzlari. Xromatlar eritmasiga kislota qo’shish natijasida hosil bo’ladi. Umumiy formulasi M2sg207. Dixromatlar dan kaliy bixromat K2Sg2O7 zaharli, suvda yaxshi erimaydigan qizil-qo’ng’ir rangli kristall. Dixromatlar laboratoriyada oksidlovchi sifatida, texnikada esa tolalarni bo’yashda, chitga gul bosishda, gugurt va ko’n sanoatida ishlatiladi. K2Sg2O7 bilan kontsentrlangan sulfat kislotaning teng hajmdagi aralashmasi (xromli aralashma) laboratoriyalarda kimyoviy jihozlarni yuvishda qo’llaniladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz