DIXLORETAN
DIXLORETAN, etilenxlorid, SN2S1—SN2S1 — chuchmal hidli rangsiz suyuklik, undan xloroform hidi keladi. Molekulyar moddasi 98,97. Qaynash temperaturasi 83,5°, zichligi 1,253 g/sm3. Suvda erimaydi, spirt va efirda eriydi. Suv bilan azeotrope aralashma (qaynash temperaturasi 71,6°; tarkibi 91,8% Dixloretan va 8,2% N2O) hosil qiladi. Dixloretan sanoatda xlor bilan etilendan olinadi. Dixloretan texnikada ekstraktsiya jarayonlarida, gazmollarni tozalashda, erituvchi sifatida, lok-bo’yoq sanoatida, ko’pgina organic birikmalar sintezida, antidetonator aralashmalari tayyorlashda, fumigant sifatida, distillashda va boshqa maqsadlarda qo’llaniladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz