DIVERTISMENT
DIVERTISMENT (Fransuzcha divertissement — ko’ngil ochish) — 1) 17— 18-asrlarda drama (ba’zan opera, balet) spektakllarining qo’shimcha yoki yakuniy qismi. Odatda spektakl mazmuniga bog’liq bo’lmagan raqs va qo’shiqlar, hajviy-mutoyibali sahnalardan iborat. 19-asrning 70-yillaridan boshlab Varete, kabare kabi estrada teatrlarida yig’ma kontsert dasturi; 2) Yevropada 18-asrning 2-yarmida turli tarkibdagi ansambl yoki orkestrlar uchun yaratilgan (masalan, Y. Gaydn, V. A. Mosart va boshqalar) cholg’u musiqa asari. 19-asrda Popurri janriga aylangan. 20-asrdan “Divertisment” atamasi ko’proq balet nomerlaridan tashkil topgan s/oshyaasimon asarlarga nisbatan qo’llaniladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz