DISTILLANGAN SUV



DISTILLANGAN SUV – haydash (distillash) yo’li bilan tarkibidagi erigan mineral tuzlar, organik moddalar va boshqa qo’shimchalardan tozalangan suv. Tibbiyotda ishlatiladigan Distillangan suvda nitrat, nitrit va sulfat kislotalar, xlor, kaltsiy ionlari, karbonat angidrid va boshqa qo’shimchalar bo’lmasligi kerak, 10 ml shunday suv buglantirilganda qoldig’i 0,5 mg dan oshmasligi lozim. Teri ostiga yuboriladigan eritmalar va ko’zga tomiziladigan dorilar tayyorlash uchun Distillangan suv qayta sterillanadi yoki qaynatib olinadi. Distillangan suvda organizm uchun zarur mikroelementlar bo’lmaganligi sababli ichishga yaramaydi, uzoq iste’mol qilinganda me’da to’qimalaridagi tuzlarni yuvib ketadi, natijada epiteliy hujayralari bo’kib, nobud bo’ladi. Distillangan suv kimyo va fizika laboratoriyalarida erituvchi sifatida ishlatiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz