DISSONANS
DISSONANS (lotincha dissono – uyg’unlashmay, moslanmay yangrayman) (musiqada) — tovushlarning bir-biriga nisbatan hamohangsiz yangrashi. Aksi — konsonans. Kichik va katta sekunda va septimalar, barcha kamaytirilgan hamda orttirilgan intervallar Dissonans hisoblanadi. Mazkur intervallardan hatto birortasini o’z tarkibiga olgan akkordlar ham Dissonans ko’ptovushliklar turkumiga kiradi. Sharq musiqa nazariyasidad. intervallar mutanofir, munofirat bo’dlar deyiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz