DISSIPATIV SISTEMALAR (lotincha dissipatus — tarqalib ketgan, sochilib ketgan) — harakat davomida to’la mexanik energiyasi (kinetik va potentsial energiyalar yig’indisi) uzluksiz kamaya borib, boshqa energiya shakllariga, masalan, issiqlik, nurlanish va hokazolar energiyaga aylana boradigan dinamik sistemalar. Dissipativ sistemalarda mexanik energiyaning kamaya borish sur’atini tavsiflovchi funktsiya dissipativ funktsiya deyiladi. Dissipativ sistemalarni konservativ va konservativ bo’lmagan (energiya oluvchi va beruvchi) sistemalardan farq qilish kerak, chunki Dissipativ sistemalarda tashqaridan energiya olinmaydi va tashqariga energiya berilmaydi. Suyuqlik yoki gaz oqimida harakatlanadigan va shu oqim ta’siriga uchraydigan jismlar; bir jismning boshqa jismda ishqalanib harakat qilishi; jiemning qovushoq muhitdagi harakati va boshqalar unga misol bo’lishi mumkin. Samolyotlar dinamikasida, ballistika va mexanikaning boshqa bo’limlarida Dissipativ sistemalar alohida o’rganiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish