DISPROZIY
DISPROZIY (Dysprosium, Yunoncha disprositos — topilishi qiyin), Dy — Mendeleev davriy sistemasi III guruhining lantanoidpar turkumiga mansub element; tartib raqami 66, atom molekula 162,50. Disproziyning 7 ta barqaror izotopi ma’lum: l56Dy, 158Dy, 160Dy, l(“Dy, 162Dy, 163Dy va 164Dy. Radioaktiv izotoplari sun’iy yo’l bilan olingan. Disproziy — och kulrang metall. Zichligi 8,56 g/ sm3. Birikmalarda uch valentli. Oddiy sharoitda havo kislorodi ta’sirida sekin, qizdirilganda (100° dan yuqori haroratda) tez oksidlanadi. Mineral kislotalar (HF dan tashqari) bilan o’zaro reaktsiyaga kirishib, Dy(III) tuzlarini hosil qiladi. Ishqoriy eritmalar ta’siriga chidamli. Azot, vodorod, xlor, brom va yod bilan qizdirilganda shiddatli reaktsiyaga kirishadi. Disproziy oksid Dy2O, — rangsiz kristall modda. Monoklin f – Dy2O3) va kubik (a – Dy2O3) panjarali modifikatsiyalari ma’lum. Zichligi 8,16 g/sm3, a-Dy2O3 2070° da r – Dy2O3 ga aylanadi. Suyuqlanish tempraturasi 2400°. Dy2(C2O4)3, Dy(NO3)3 va boshqalarni 800-1000° da parchalash usuli bilan olinadi. Disproziy xlorid DyCl3 — rangsiz kristall modda. Monoklin panjarali. Suyuqlanish temperaturasi 654°, qaynash temperaturasi 1627°; zichligi 3,617 g/sm3; suvda yaxshi eriydi. 200° dan yuqori temperatuada Dy2(C2O4)3 ga xlor va tetraxlormetan aralashmasini ta’sir ettirib, shuningdek, Disproziyni xlorlab olinadi. Disproziy ftorid DyF3 — ortorombik panjarali rangsiz kristallar, zichligi 7,466 g/sm3; 1030° da geksagonal modifikasiyam aylanadi. Suyuqdanish temperaturasi 1157°, qaynash temperaturasi 2200° dan yuqori. Suvda erimaydi. Disproziy birikmalariga ftorid kislota, Disproziyga ftor ta’sir ettirib olinadi. Disproziy DyCl3 yoki DyF, ni kaltsiy, natriy yoki litiy bilan qaytarib olinadi. Disproziy nurlangan moddalarni neytron radiografik tekshirishda, DyJ, ko’cha va stadionlarni yorituvchi chiroqlar ishlab chiqarishda, DyO, qizil rangda shu’lalanuvchi lyuminoforlar komponenti sifatida va maxsus shishalar olishda qo’llaniladi. Disproziyni 1886 yilda frantsuz kimyogari P. E. Lekok de Buabodran kashf etgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz