DISPLAZIYA
DISPLAZIYA (due… va Yunoncha plasis — hosil bo’lish, o’sish) — embriogenez va tugilgandan keyingi davrda a’zo, to’qima yoki tana qismlarining noto’g’ri rivojlanishi. Hozirgi vaqtda Displaziya xavfli o’smalar rivojlanishidan oldin epiteliy hujayralarining tartibsiz o’zgarishlarini, ya’ni hujayralar va umuman to’qima kompleksining neoplastic (o’sma to’qimalari rivojlanishiga tomon yo’nalgan o’sish), normadan tashqari, o’sma hosil bo’lishiga moyil o’zgarishini anglatadi. Ilgari Displaziya faqat yassi epiteliy hujayralariga xos o’zgarish deb hisoblanar edi, hozirga kelib bu jarayonni morfologik jihatdan chuqurroq o’rganish u boshqa to’qima hujayralari, mas, prizmatik, ichki sekret bezlari epiteliysi va hokazolarga ham taalluqli ekanligi ma’lum bo’ldi. Hujayra va to’qimalardagi o’zgarishlarning og’ir-yengilligiga ko’ra, Displaziyaning 3-4 darajasi tafovut qilinadi. Uning eng og’ir xili “malignizatsiya” — butun to’qimani qoplab oladi, hatto o’smaning invaziyasi bilan tugashi ham mumkin. Displatik o’zgarishlarning tobora kuchayib, rivojlanib borishi pirovardida o’sma paydo bo’lishiga olib keladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz