DISPETCHERLIK PUNKTI – dispetcherlik aloqa tizimining markazi. Dispetcherlik shchitlari, axborotlarni aks ettiradigan tablo (ekran)lar, telefon, radio va televizion aloqa vositalari, kompyuterlar va boshqa jihozlar, shuningdek, dispetcherning ish stoli Dispetcherlik punktida joylashtiriladi va dispetcher ular yordamida korxonaning barcha jarayonlarini tezkor nazorat etib, markazlashgan boshqaruvni amalga oshirib turadi. Dispetcherlik punktiga doimiy ravishda mahsulot ishlab chiqarish, tsex, uchastkalardagi ish rejasining bajarilishi, dastgoxlar, konveyerlar, transportlar harakati va boshqalar to’g’risidagi axborotlar kelib turadi. Shunga muvofiq, dispetcher kelgusi ish rejasini tuzadi yoki mavjud ish holati yuzasidan zarur choratadbirlarni ko’radi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish