DISLOKATSIYA



DISLOKATSIYA, qo’shinlarni dislokatsiya qilish — tinchlik paytida quruqlikdagi qo’shinlarning qismlari, qo’shilmalari va harbiy muassasalarini mamlakat hududida ular uchun ajratilgan joy (aholi yashaydigan punkt, maxsus harbiy shaharcha, lager) ga o’rnashtirish, harbiy-havo kuchlari qismlari, qo’shilmalarini o’z bazasiga ega bo’lgan aerodromlarga, harbiy-dengiz floti kemalarini portlar va harbiy-dengiz bazalariga taqsimlash.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz