DISKRIMINATSIYA



DISKRIMINATSIYA (lotincha diskriminatio — farqlash) — davlat, yuridik yoki jismoniy shaxs huquklarining (boshqa davlat, yuridik yoki jismoniy shaxs huquqlariga nisbatan) cheklanishi. Demokratik davlatlarning ichki qonunlarida hamda xalqaro huquqda Diskriminatsiyaning barcha shakllari, jumladan, fuqarolar huquqlarini millati, irqi, jinsi, dini sababli amalda yoki yuridik jihatdan kamsitishga yo’l qo’yish taqiqlanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz