DISKOTEKA



DISKOTEKA (disk va Yunoncha theke — joy) — 1) grammofon plastinka (gram-plastinka), kompakt (lazer) disklar (CD) majmui; 2) yoshlar musiqa klubi. Gramplastinka, magnit tasmalariga mexanik tarzda yozilgan ommabop musiqa namunalarini tinglashga nisbat berilgan. Diskoteka dasturini diskjokey (DJ, Di-Jey) tuzadi va sharhlaydi. Diskoteka 1960-yillar boshida Frantsiyada yuzaga kelgan va tez orada butun dunyoda ommaviylashgan. O’zbekistonda Diskotekalar 1970-yillardan yirik shaharlarda tarqala boshladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz