DISKANT
DISKANT (due… va lotincha cantus — kuylash) — 1) bolalar (odatda, o’g’il bolalar) ning baland ingichka ovozi, shuningdek, ular ijro etadigan vokal partiya; 2) ikki ovozli musiqa turi, polifoniyanmng ilk shakllaridan. 12-asrda Yevropa cherkov vokal musiqasida paydo bo’lgan. Yuqori ovoz (diskant) nomiga nisbat berilgan; 3) 15-18-asrlarda ko’p (4) ovozli vokal (shu jumladan, xor) musiqasida eng yuqori ovoz (baland soprano); 4) Sharqiy Belorussiya va Ukrainada, shuningdek, don kazaklari qo’shiqlarida yuqori qo’shimcha ovoz (Dishkant).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz