DISFAGIYA
DISFAGIYA (due… va Yunoncha phagein — yutmoq, yemoq) — ovqat yoki suv yutishning buzilishi. Halqum, hiqildoq va qizilo’ngach devorlarining shikastlanishi, ularga yot jismlar tiqilishi, yallig’lanish, isteriya va boshqa asabiy-ruhiy kasalliklarda bu a’zolarning torayishi (spazm), shuningdek, ba’zi yuqumli kasalliklar (qoqshol, quturish) Disfagiyaga sabab bo’ladi. Qizilo’ngach rakida ham Disfagiya kuzatiladi. Belgilari: ovqat yutgan vaqtda og’riq seziladi, burun, hiqildoq, kekirdak, ko’ks oralig’iga ovqat ketib qoladi. Disfagiyaga sabab bo’lgan omillar aniqlanib, tegishli dori-darmonlar buyuriladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz