DIRKACH LYUDMILA NIKOLAYEVNA
DIRKACH LYUDMILA NIKOLAYEVNA (1948.13.5, Kursk) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1999). Samarqand universitetining kimyo fakultetini tugatgan (1972). 1972-76 yillarda Samarqand shahri Siyob tumanidagi 3-maktabda, 1976 yildan Bog’ishamol tumanidagi 37-maktabda kimyo fani o’qituvchisi. Dirkach ilg’or o’qitish usullarini o’rganib, o’quvchilar qobiliyatini belgilashning test, reyting tizimlarini tatbiq etgan holda aniqlashga intiladi. Dirkachning “O’quvchilarning kimyo faniga qiziqishini kengaytirish” mavzuidagi ish uslubi keng ommalashtirilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz