Dirijyor orkestrga nima uchun kerak?
Mabodo biror payt opera teatriga borgan bo’lsangiz, siz spektakl boshlanishi oldidan bir qanaqangi tasavvurga sig’mas shovqin hukmronligini eslab qolgansiz albatta. Orkestr mag’okida yig’ilgan barcha mug’anniylar o’z cholg’u asboblarining torini va tobini sozlaydi. Shunday ekan, buningdek kattakon musiqa jamoasini boshqarish uchun, buningdek tovushlar izdihomidan kuy tartiblash uchun dirijyor ham kerak bo’ladi. Bu so’z fransuzchadan kelib chiqqan va “boshqarmoq”, “yo’naltirmoq, rahbarlik qilmoq” degan uyg’un ma’nolarni anglatadi. Dirijyor shunchaki hamma muvofiq chalishiga ko’z-quloq bo’lmaydi. U oldindan ijrochilar bilan birga asarni yodlab oladi, u yoki bu cholg’u qachon chalishi kerakligini, u shitob yoxud sekin, baland yoinki past chalishi zarurligini ko’rsatib turadi. Dirijyor opera va simfonik orkestrda, xorda va ashula va raqs dastasida, — xullas, katta jamoa musiqa ijro etadigan istalgan joyda bo’ladi.
Manba
Mo’jiza kitobning 3-jildi
Uzpedia.uz