DIREDAVA



DIREDAVA, Diredaua — Efiopiyadagi shahar, mamlakatning Sharqiy qismida. Aholisi 195 ming kishidan ziyod (1990-yillar oxirlari). Transport yo’llari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. To’qimachilik, tsement, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Qishloq xo’jalik rayonining (kofe, chorva mollari) savdo markazi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz