DIRAK TENGLAMASI
DIRAK TENGLAMASI – x spinli zarralar (mas, elektronlar va pozitronlar, myuonlar) harakatining nisbiylik nazariyasi talablarini qanoatlantiradigan kvant tenglama. 1928 yilda P. Dirak aniklagan. Dirak tenglamasi erkin elektronlardan fotonlarning sochilishi va elektron tormozlanganda elektron nurlanishi mohiyatini ochib bergan. Dirak tenglamasi bilan kvant o’tishlar tufayli yangi zarralar paydo bo’lishi tushuntirildi. Bunday zarrani 1932 yil K. Anderson kashf qildi va pozitron deb atadi. Bu esa Dirak elektronlar nazariyasining tasdiklanishi edi. Elektronning bir energetik satxdan ikkinchisiga o’tishi elektron-pozitron jufti yoki bu juft annigilyasiyasi bilan ro’y beradi. Dirak tenglamasi –j (y birlikda) spinli boshqa zarralar: myuonlar, neytrinolar va hokazolar uchun ham o’rinlidir. U nuqlonlar (neytron va proton) ga tatbiq qilinganda noto’g’ri natijalarga olib keladi, chunki Dirak tenglamasini kuchli o’zaro ta’sirga tatbiq qilish mumkin emas. Dirak tenglamasi kvant mexanikaning asosiy tenglamalaridan biri hisoblanadi. Ad.: Dirak P. A. M., Printsipi kvantovoy mexaniki, Per. s angl., M., I960; Davidov A. S, Kvantovaya mexanika, M., 1973; Bogolyubov N.N.,Shirkov D. V., Vvedenie v teoriyu kvantovix poley, M., 1977.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz