DIPLOPIYA



DIPLOPIYA (Yunoncha diplos — ikkita va ops — ko’z) — bir narsaning ustma-ust yoki yonma-yon turgan ikki narsadek bo’lib ko’rinishi. Ko’zni harakatlantiruvchi muskullarning qisman yoki to’liq falajlanishidan kelib chiqadi. Ko’z kosasida shish paydo bo’lib, ko’z soqqasi bo’rtib chiqishidan ham Diplopiya vujudga keladi. Diplopiya murakkab oftalmologik asboblar orqali aniqlanadi va uni ko’z kasalliklari mutaxassisi (vrach-oftalmolog) davolaydi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz