DIPLOMATIK NOTA
DIPLOMATIK NOTA – diplomatik yozishmaga oid hujjatning bir turi. Verbal va shaxsiy Diplomatik notalarga bo’linadi. Diplomatik tajribada ko’proq verbal nota qo’llaniladi. Shaxsiy Diplomatik nota muhim, jiddiy muammolarga bag’ishlanadi yoki biron-bir voqea to’g’risida rasmiy axborot tarzida yuboriladi. Diplomatik nota diplomatik protokol talablariga binoan yoki shaxsiy Diplomatik notaga javob tarikasida ham yo’llanadi, u imzo chekuvchi nomidan 1-shaxs fe’lida tuzilgan xat shaklida nota blankasiga bosilib, manzil ko’rsatiladi, ammo muhr bosilmaydi. Xalqaro diplomatik amaliyotda Diplomatik notalar ayirboshlash xalqaro shartnomalar tuzishning shakllaridan biri sanaladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz