DIPLOID (diploos — ikkilangan va eidos — ko’rinish) — ikkita gomologik xromosomalar to’plamiga ega bo’lgan hujayralar. “Diploid” termini 1905 yilda nemis botanigi E. Strasburger tomonidan taklif etilgan. Diploid ikkita gaploid gametalarning qo’shilishidan hosil bo’ladi. Ko’pchilik hayvonlar va yuksak o’simliklarda Diploid hayotiy tsiklning asosiy fazasi (diplofaza, sporofit) hisoblansa, ba’zi bir hujayralilarda faqat zigota diploid bo’ladi. Diploidlik evolyutsion jarayonda gaploid organizmlar asosida paydo bo’lgan va gaploidlarga nisbatan bir qator ustunlikka ega bo’lganligi tufayli saqlanib qolganligi taxmin qilinadi. Diploidda va resessiv mutasiyalar geterozigota holatida namoyon bo’la olmaganligi sababli populyatsiyalarda yashirin holatda saqlanib qoladi. Shu tufayli genotipik o’zgaruvchanlik to’planib boradi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish