DIONA
DIONA — Saturnning to’rtinchi tabiiy yo’ldoshi. Frantsuz astronomi J. Kassini 1684 yilda kashf etgan. Diametri 1120 kilometr, yulduz kattaligi 5,2 ga teng. Saturndan o’rtacha uzoqligi 377400 kilometr, Dionani oddiy ko’z bilan ko’rib bo’ladi. Saturn atrofini 2 sutka 17 soat 41 minutda aylanib chiqadi. Diona nomi berilgan kichik Sayyora ham bor.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz