DIOKLETIAN (Diocletianus) (243— 313/316) — qadimgi Rim imperatori (284— 305). Imperiyadagi ahvolni yaxshilashga olib kelgan bir qancha islohotlarni o’tkazgan (o’ziga uchta taxtdosh tayinlagan, imperiyani 4 ta qismga, bu qismlarni esa 12 diosezlarga taqsim etgan; armiyani kuchaytirib, uning sonini 450 ming askarga etkazgan; soliklarni tartibga solgan va boshqalar). Dominat (cheklanmagan monarxiya) tuzumining o’rnatilishi Diokletian nomi bilan bog’liq. 303-304 yillarda xristianlarni quvg’in qilgan. Bu voqea keyinchalik xristian va Islom dini muqaddas kitoblarida aks etgan (masalan, Qur’oni karimdagi “Kahf” surasi). Diokletian nomi Sharq xalqlari orasida Daqyonus shaklida ham mashhur.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish