DIOGEN SINOPLIK



DIOGEN SINOPLIK (Diogenes Sinopeus) (miloddan avvalgi taxminan 404-323, Korinf) — yunon faylasufi. Kiniklar maktabining yirik vakili. Antisfen shogirdi. Tsivilizasiyani, xususan davlatni inkor etgan, jamiyatni, insoniyatni ibtidoiy holatiga qaytishga da’vat qilgan. O’zini dunyo fuqarosi (“kosmopolit”) deb atagan, odamlarning tabaqaga bo’linishini tanqid qilgan. Turmushda har qanday ortiqchaliklarni rad etib, faqat zaruriy ehtiyojlarni qondirish bilangina cheklanishni o’z burchi deb bilgan; u xotinlar va bolalar umumiy bo’lishini talab qilgan va biron axloq ustun bo’lib turishini tan olmagan. Diogen sinoplik kinik sharm-hayosizlik va beboshlik timsoliga aylandi. Diogen sinoplik to’g’risida turli-tuman latifalar bor. Rivoyatlarga ko’ra, u bochka ichida yashagan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz