DIOFANT



DIOFANT (taxminan 3-asr) — yunon matematigi. Aleksandriyada yashagan. “Arifmetika” nomli risolasining bir qismi (13 kitobdan 6 tasi) va ko’p burchakli sonlar haqidagi kitobining ba’zi qismlari bizgacha saqlangan. “Arifmetika”da Diofant, asosan, darajasi to’rtgacha bo’lgan tenglamalarga oid masalalarning, keyinchalik, o’z nomi bilan atalgan anikmas tenglamalarning yechilishini topgan. Diofant tenglama yechimini butun sonlarda qidiradi. Matematikada Diofant nomi bilan yuritiladigan yaqinlashtirishlar, tenglamalar bor. Diofant algebraik va nazariy-sonli masalalarni umumiy yechish usullarini bermagan holda ularni ustalik bilan yechgan. Diofant asarlari P. Ferma, L. Eyler, K. Gauss va boshqa olimlarning tadqiqotlari uchun asos bo’lgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz