DIODOR SISILIYALIK
DIODOR SISILIYALIK (miloddan avvalgi taxminan 90-21) — yunon tarixchisi. “Tarix kutubxonasi” asari (40 kitob; 1-5 va 11-20 kitoblargina saqlanib qolgan, qolganlari — parchalar holda) muallifi. Diodorning bu asarida qadimgi Sharq, Yunoniston va Rim tarixi afsonaviy davrlardan to miloddan avvalgi. 1-asr o’rtalarigacha tadrijiy suratda bayon etilgan. Filipp I va Aleksandrning hukmronligi davri bayoni diqqatga sazovor. Asar Sisiliyadagi qullar qo’zg’oloni (miloddan avvalgi 2-asr) haqida bosh manba hisoblanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz