“DINI ILOHIY”



“DINI ILOHIY” — hinduiylik, Islom, jaynizm va zardushtiylik elementlarini o’zida mujassamlashtirgan va Hindistonda shoh Akbar tomonidan joriy etilgan din. Bu din Hindistondagi diniy nizolarni bartaraf qilish va davlatni markazlashtirish maqsadida rasm qilingan. Unda Quyosh hamma narsadan yuqori qo’yilgan, aql haqiqatning oliy mezoni hisoblangan. Shoh Akbar oliy kohin deb e’lon qilingan. Shoh Akbar vafotidan so’ng bu din kichik bir mazhabga aylanib qoldi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz