DINGAAN
DINGAAN (? – 1843) – Janubiy Afrikadagi zulu qabilalari dohiysi (1828— 40), Chaka (Shaka) (1787-1828) ning vorisi. Dingaan 30-yillarda bur va ingliz mustamlakachilariga qarshi zulularning qurolli kurashini boshqargan. Inglizbur-zulu urushi vaqti (1838-40) da Dingaan qo’shini tor-mor keltirilgan. 1840 yil Dingaan ukasi Mpanda (bur mustamlakachilari malayi) tomonidan hokimiyatdan chetlatilgach, Svazilendga qochgan va o’sha yerda o’ldirilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz