DINAS



DINAS (inglizcha Dinas Rock — Angliyadagi tog’ning nomi) — olovbardosh g’isht, tarkibida 93% gacha kremniy (IV)-oksid (silikat angidrid — SiO2) bo’ladi. Kvars jinslariga 2-3% ohak qo’shib tayyorlanadi. Dinas 1730° gacha temperaturaga chidaydi. Dinas sanoat pechlari (Marten pechi va boshqalar) qurishda ishlatiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz