DINAMOMETR (Yunoncha dynamis — kuch va … metr) — kuch yoki burovchi momentni ulchaydigan asbob. Dinamometr kuch zvenosi (qayishqoq element) va hisoblash qurilmasidan iborat. Vazifasiga ko’ra, namuna (etalon) va ish Dinamometrlari bo’ladi. Namuna Dinamometr laboratoriya sharoitida mashina, mexanizm va materiallarga ta’sir etuvchi kuchlarni o’lchashda qo’llaniladi. Ish Dinamometrlari avtomobil, traktor, lokomobillarning tortish kuchlarini, qishloq xo’jalik mashina-qurollarining tortishga qarshiligini ulchashda ishlatiladi. Ish tarziga ko’ra mexanik, gidravlik va elektr Dinamometrlar bo’ladi. Gidravlik va elektr Dinamometrlar dinamograflarning kuch zvenosi sifatida ishlatiladi. Tibbiyotda Dinamometr mushaklarning eng yuqori kuchini o’lchashda ishlatiladi. Antropologiya, nevrapotologiya, ortopediya, harbiy tibbiyot, fiziologiya, sport tibbiyoti va hokazolarda qo’llaniladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish