DINAMIT



DINAMIT (Fransuzcha dynamite, Yunoncha dynamis — kuch) — kuchli portlovchi modda. Asosiy tarkibiy qismi — nitrogliserin va boshqa suyuq nitroefirlar (15%). Avval (1867, A. Nobel) — nitrogliserin va kukun holatdagi inert to’ldiruvchilar (talk, magniy oksid va boshqalar) aralashmasidan gurdinamitlar tayyorlangan. Bunday Dinamitlarda nitrogliserin to’ldiruvchi bilan mustahkam bog’lanmaganligidan namlik katta bo’lgan sharoitda qo’llanganda u suv ta’sirida oiqib chiqariladi. Nitroglitserin va tsellyulozaning (kolloksimin, kolloidlangan paxta) kolloid eritmasi — dinamitli jelatin asosida tayyorlangan jelatin dinamitlar (1875, A. Nobel) ancha barqaror. Eng oddiy, lekin kuchli jelatindinamit tarkibida kolloksilin (7-8%) bo’lgan nitrogliserindan tayyorlangan. Dinamit tarkibiga oksidlovchilar: kaliy, natriy yoki ammoniy nitratlari (selitralar), yonuvchi moddalar (masalan, yog’och kukuni) va boshqalar ham kiradi. Muzlash temperaturasini oshirish uchun Dinamit tarkibiga nitroefirlar (masalan, glikoldinitrat) ham qo’shiladi. Dinamit tog’ sanoatida qattiq jinslarni portlatishda, suv osti va shaxta ishlarida hamda harbiy maqsadlarda qo’llaniladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz