DINAMIK METEOROLOGIYA



DINAMIK METEOROLOGIYA – umumiy meteorologiyaning bir bo’limi, atmosferada sodir bo’ladigan dinamik va termodinamik jarayonlarni nazariy jihatdan o’rganish, ob-havoni oldindan aytib berishning gidrodinamik usullarini ishlab chiqish va boshqalar bilan shug’ullanadi. Dinamik meterologiyaning asosiy vazifasi atmosfera jarayonlarini prognozlashdan iborat (atmosferada shamol uzgarishi tenglamasi, turli to’lqinlar harakati, bosimni hisoblash, EHM yordamida ma’lum muddatda shamol, harorat, bosimni baholash kabilar). Dinamik meterologiyaning muhim amaliy vazifasi ob-havo elementlari (temperatura, shamol tezligi, bulut, yog’inlar va boshqalar) ga oid ma’lumotlarni oldindan hisoblash usullarini ishlab chiqishdir. At-mosferadagi radiatsion, elektr va fizika jarayonlarini o’rganish ham Dinamik meterologiya vazifasiga kiradi. O’zbekistonda Dinamik meterologiyaning asoschilari V. I. Gubin, E. M. Kozik va N. N. Romanovlar hisoblanadi. Dinamik meterologiyaning kelajakda rivojlanishi atmosfera holatini kuzatish nuqtalarini ko’paytirish, yerning sun’iy yo’ldoshlaridan olinadigan ma’lumotlardan, yangi elektron texnikadan foydalanishga bog’liq bo’lib, fizika, kimyo, kibernetika fanlari yutuqlariga ham asoslanadi. Hamidulla Abdullayev.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz