DILATOMETRIYA (lotincha dilato — kengaytiraman va …metriya) — fizikaning jismlar o’lchamlari o’zgarishining tashqi ta’sirlar (temperatura, bosim, elektr va magnit maydonlar, ionlovchi nurlanish va boshqalar) ga bog’liqligini o’rganuvchi bo’limi. Dilatometriya asosan jismning issikliqdan kengayishini va ularning turli anomaliyalarini o’rganadi. Dilatometriya maqsadlari uchun ishlatiladigan asbobga dilatometr deyiladi. Dilatometriya usullaridan fizika va materiyashunoslikda moddalarning xossalarini o’rganishda foydalaniladi, texnikada metallar va ularning qotishmalari, shisha, plastmassa, qurilish materiallari hajmining o’zgarish xususiyatlarini o’rganish va yangi materiallar yaratishga yordam beradi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish