DIKTOFON



DIKTOFON (lotincha dicto — aytib turaman va … fon) — tovushni lenta va plastinkaga avtomatik tarzda yozib oladigan va qayta eshittiradigan apparat. Tuzilishi magnitofonga o’xshaydi. Unda tovushni bir tezlikda yozib olib, qayta eshittirishda tezlikni mashinkada yozib ulgura oladigan darajada kamaytirish mumkin. D.ning ixcham (portativ) xili batareya va o’zgaruvchan tok bilan ishlaydi, cho’ntakda olib yursa bo’ladi. Diktofon xizmatga oid xatlarni, majlislarda notiqlarning nutqini, ma’ruzalarni yozib olish va boshqa maqsadlarda ishlatiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz