DIKTANT



DIKTANT (lotincha dicto — aytib turib yozdiraman) — o’quvchilarga imlo va tinish belgilariga doyr qoidalarni o’rgatishda hamda bu qoidalar yuzasidan hosil qilingan malakani tekshirishda qo’llaniladigan yozma ish. Ta’limiy va nazorat turlari bor. Ta’limiy Diktant qanday o’tkazilishiga qarab ogohlantiriladigan, izohli va tushuntiriladigan Diktantlarga bo’linadi. Ogohlantiriladigan Diktantda imlo va tinish belgilari matn yozishdan oldin, izohli Diktantda matnni yozish jarayonida, tushuntiriladigan Diktantda notanish so’zlar matnni o’quvchilar yozib bo’lganiga qadar, imloviy belgilar esa matn yozib bo’lingach tushuntiriladi. Ta’limiy Diktantning tanlab olinadigan, ijodiy, erkin va o’z-o’ziga Diktant turlari bor. Nazorat Diktant o’quvchilar bilimini tekshirishga xizmat qilib, katta ta’limiy ahamiyatga ega, chunki bunda o’quvchilar mavjud bilim va ko’nikmalarini ishga soladilar. Nazorat Diktantda o’quvchilarning savodxonliklari ham baholanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz