DIKSILEND (inglizcha Dixieland — Diksi diyori, AQSh Janubiy Shtatlariga nisbat berilgan) — jaz ansambli. Dastlab, oq tanli sozandalardan iborat Nyu-Orlean uslubiga mansub ilk jaz guruhlarining ifodasi. Tarkibida truba, klarnet, trombon va ritmni ta’minlovchi soz (banjo, fortepiano, kontrabas yoki Tuba, urma cholg’u) lar mavjud. Repertuaridan regtaym, blyuz, fokstrot, shimmi kabi namunalar o’rin olgan. O’zbekistonda 1950-yillardan (E. Jivayev, A. Yarulis, B. Smetanov, S. Petlyar va boshqalar) Diksilend guruhlari ma’lum.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish