DIKKIT
DIKKIT — kaolinitning polimorf turiga mansub gil minerali. Kimyoviy formulasi Al4[Si4Ol0] (OH)S. Birinchi marta aniklagan amerikalik mineralog Dikka nomi bilan atalgan. Kristallari tiniq plastinkasimon. Rangsiz, oq, sarg’ish va ko’kimtir. Qattiqligi 2,5—3,5; zichligi 2,6 g/sm3. Past temperaturali gidrotermal mineral. Kvars, dolomit, serisit, kaolinit, gidroslyuda, galluazit bilan birga uchraydi. O’zbekistonda Chatqol-Qurama tog’larida (Oqtosh, Oqsoqota, Qoronko’l, Gushsoy va b.) ikkilamchi kvarsitlarda Dikkitning to’plamlari aniqlangan. Qozog’iston (Qoracheku va Qo’ng’irot, Kavkaz (shimoli-g’arbidagi simob konlarda), Ukraina (Nikitovka)da bor. Oqsoqota konida kvars, barit, diaspor, pirofillit, muskovit, gematit, simob, oltin va boshqalar bilan birga Dikkitning cho’ziq kristali uchraydi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz