DIJON



DIJON — Frantsiya shimoldagi shahar. Kot-D’or departamentining ma’muriy markazi. O’rta asrlarda Burgundiya tarixiy viloyatining bosh shahri va iqtisodiy markazi bo’lgan. Aholisi 153,8 ming kishi (1999, shahar atrofi bilan 200 ming kishi). Transport yo’llari tuguni. Burgundiya kanali sohilidagi port. Mashinasozlik, kimyo, poyabzal, oziqovqat sanoati korxonalari bor. Dijonda mashhur Burgundiya vinosi tayyorlanadi. Aholi gulchilik bilan ham shug’ullanadi. Universitet (1722), badiiy muzeylar bor. 10— 18-asrlarga oid ko’plab me’moriy yodgorliklar: Sen-Benin sobori, Sen-Filiber roman cherkovi, Notrdam gotika cherkovi, Burgundiya gersoglari saroyi va boshqalar saqlangan. Shahar sifatida 1183 yildan ma’lum.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz